Krilov Ivan Andreevich

Krilov Ivan Andreevich [1769.2(13).2, Moskva – 1844.9(21).11, Peterburg] -rus yozuvchisi, masalchi. “Po- chta Duxov” (1789), “zritel” (1792) jur.larini nashr ettirgan. 1786-88 y.larda poy-taxt dvoryanlarining axloqiy buzuqligini fosh etuvchi kome- diya (“g’azabnok oila”, “to’polonchilar”, “Qizlarga saboq va b.), tragediya (“kle- opatra”, “Filomela”), komik operalar (“Bahodir Ilya”, 1870) yozgan. Hukumatga qarshi yozilgan “Trumf” (“chimchilash”) tragediyasi (1799-1800) qo’lyozma holida tarqatilgan. “Qalb” qissasi (1792) da podsholik tuzumi va Ekaterina II ning yasama liberalizmi ustidan kuladi. 1809 — 43 y.larda 200 dan ortiq masal- lar yozgan. Birinchi “masallar” kitobi 1809 y. nashr qilingan. Ularda ijti- moiy illatlar fosh etilgan, zulm va zo’rlik qoralangan (“bo’ri b-n qo’zichoq”, “Hayvonlar o’lati”, “bo’rilar va ovchi- lar”, “dehqonlar va Daryo” va b.), va- zirliklarning qayta tashqil etilishi (“Kvartet”), Arakcheevning zolimligi tanqid qilingan (“baliqlar raqsi”). 1812 y.dagi Frantsiya-Rossiya urushi yil- larida yozgan “mushuk va oshpaz”, “it- xonaga kirib qolgan bo’ri”, “qarg’a va tovuq”, “mushuk va churtan baliq” va b. masallarida vatanparvarlik g’oyalari ilgari surilgan. Asarlarida sofdil va mehnatsevar kishilar ulug’langan, dan- gasa, qo’rqoq, ikkiyuzlamachilar tanqid qilingan. Masallari demokratik ruh b-n sug’orilgan. Satirasi kuchli, tili o’tkir va ta’sirchan. Asarlari o’zbek tiliga tar- jima qilingan.