Kriminologiya

Kriminologiya (lot. Criminis -jinoyat va Yun. logos — ta’limot, tu- shuncha) — jinoyatchilik, uning sababla- ri, jinoyatchining shaxsi, jinoyatchilik- ning oldini olish yo’llari, vositalari haqidagi fan. Mustaqil fan sifatida K. 20-a. o’rtalarida jinoyat huquqi FA- nidan ajralib chikdi. Bu fanning va- zariy asosi belgiyalik sosiolog L. A. J. Ketle, italiyalik kriminalistlar Ch. Lombrozo, E. Ferri va b.ning ta’limoti hisoblanadi. K. jinoyatchilikni kishilarning Ji- noyatta oid qonun talablariga zid bo’lgan ijtimoiy xavfli qilmishlaridan iborat ijtimoiy hodisa sifatida tadqiqqiladi. Shuningdek, K. jinoyatchi- likka oid ma’lumotlarni umumiy tarzda, shu b-n birga jinoyatlarning ayrim tur – lari va guruhlari bo’yicha hamda K.ga oid ayrim muammolar (mas, voyaga etmaganlar jinoyatchiligi, residiv jinoyatchilik, guruh jinoyatchiligi) bo’yicha tekshiradi. Jinoyatchilik sabablari, ya’ni umuman jinoyatchilikka va muayyan jinoyatlarni sodir qilishga ta’sir etadigan ijtimo- iy omillar, hodisalar, jarayonlar ham K. predmeti hisoblanadi. K. jinoyatchi, ya’ni turli jinoyat- larni sodir etgan shaxslarning fe’l- atvoriga biron-bir darajada ta’sir etuvchi ijtimoiy xususiyatlar hamda ijtimoiy ahamiyatga molik xususiyatlar, belgilar, sifatlar, aloqalar hamda mu- nosabatlarni har tomonlama o’rganadi. Jinoyatchilik va uning alohida turlari- ni aniq sosiologik tadqiq qilish jino- yatchilik b-n turli ijtimoiy jarayonlar o’rtasidagi bog’liklikni belgilash va shu asosda uning oldini olish choralarini ishlab chiqish imkonini beradi. Hozirgi K. zavonaviy hisoblash texnikasi, shu- ningdek, boshqa bir-biriga bog’liq fan- lar — sosiologiya, ijtimoiy psixolo- giya va shaxs psixologiyasi, pedagogika, iqtisodiyot va sh.k.ning yutuqlaridan keng foydalanadi. K.da hoz. demokratik jamiyatda jinoyatchilikka qarshi kurash- ning asosiy yo’nalishlaridan birini tashqil qiluvchi jinoyatlarning oldini olish muammosi muhim o’rin tutadi. Ad.: Usmovaliev M., Karaqstov Y., Jinoyatchilikni oldini olishning kri- minologik choralari, T., 1995; Antonyan Yu. M., Terrorizm. Kriminologicheskie i ugolovno-pravovie issledovaniya, M., 1998. Mamajon Usmovaliev.