Kriogen texnikasi

Kriogen texnikasi – krio- gen t-ralar, ya’ni 120°K dan past t-ralar hosil qilish, to’tib turish va ulardan foydalanish texnikasi. K. t. vosita- lari: kriostat va shunga o’xshash boshqa qurilmalar; suyultirilgan va qattiq holatga keltirilgan gazlar (kislorod, azot, geliy va b.) ishlab chiqaradigan qurilma va apparatlar; bu gazlar- ni saqlash va tashish uchun idishlar; o’ta past t-ralardan foydalanib izo- top va gaz aralashmalariga ajratuvchi qurilmalar. Bo’lardan tashqari, kriogen vakuum vasoslari, o’ta o’tkazuvchan krio- gen generatorlar, dvigatellar va gazli sovitish mashivasi asosidagi solenoid – lar, mikrosovitkichlar va boshqalar K. t. ning vositalari bo’lib xizmat qiladi. K. t. vositalari va usullardan energeti- kada, kriogen elektronikada, Metallur- giya, atom, kosmik va raketa texnikasida, shuningdek, tibbiyotda (kriojarrohlik asboblari), biol.da (kriobiologiya), q. x., oziq-ovqat sanoati va b.da foydala- niladi. Kriogen t-ralarni fan va tex- Nikaning ko’p sohalarida qo’llash na- tijasida K. t. ning bir necha mustaqil yo’nalishlari, mas, krioelektronika, kriobiologiya va b. paydo bo’ldi.