KRISTALLITLAR

KRISTALLITLAR – 1) petrologiyada — kristallanayotgan jismning mayda jo’n shakli (embrionlar). Vulkanik shishalarda uchraydi. Ularning shakli turlichadir: globulitlar (sharikchalar, tomchilar); margaritlar (munchoqlar ipi kabi); longulitlar (tsilindrik hosilalar); trixitlar (qilsimon); Skopulitlar (o’simliklar poyalariga o’xshash) va boshqalar 2) metallshunoslikda — quyma metall yoki metall qotishmalarning o’zaro zich bog’langan noto’g’ri shakldagi mayda kristallar.