KRIVOY ROG TEMIR RUDA HAVZASI

KRIVOY ROG TEMIR RUDA HAVZASI — dunyodagi ulkan temir ruda havzalaridan biri. Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi Ingules, Saksagan va jyoltaya daryolari bo’ylab joylashgan. Temir rudalarning sifati va zahiralari bo’yicha jahonda oldingi o’rinlarda turadi. Eniga 2-7 km maso- faga ega bo’lgan temirli havza Nikolo- Kozelsk st-yasidan shim.ga tomon 100 km ga cho’zilgan. Havzadagi rudali kvarsitlar temirga boy bo’lib, magnetitli va temirli kvar- tsit turlariga bo’linadi. Birinchisida temirning miqdori 46-47% ni, temir- li kvarsitlarda esa 25-45% ni tashqil qiladi. Temirli kvarsitlar saralanib, tarkibida 60% temir bo’lgan kontsen- tratlar olinadi. Ruda ochiq usulda (umumiy i. ch.ning 80%) va er osti uslubda qazib chiqariladi. Kondan yiliga 104 mln. T dan tovar rudasi qazib olinadi (1984). Ruda Ukraina qora metallurgiyasi ehtiyojlari uchun foydalaniladi hamda boshqa davlatlarga eksport qilinadi. Krivoy Rogda temir rudalar negizida kon va metallurgiya sanoati korxonala- ri b-n birgalikda, mashinasozlik, koks- kimyo, oziq-ovqat, engil sanoat korxona- lari bir qancha i.t. in-tlarini o’z ichiga oluvchi ixtisoslashgan sanoat majmuasi tashqil qilingan. Havzasi 1881 y.dan boshlab o’zlashtirilgan. Ad.: Volfson F. I., Druji n i n A. V., Glavneyshie tipi rudnix mestoroj- deniy, M., 1982.