KRIZIS

KRIZIS (tibbiyotda) — isitmali o’tkir kasallikning kechishida keskin o’zgarish (odatda, sog’ayish tomonga) ro’y berishi. Krizis yuqumli kasalliklar: bezgak, qaytalama terdama, chechak va boshqalarga xos bo’lib, bunda isitmalab yotgan bemorning temperaturasi birdan normallashib, g’araq-g’araq terlash, darmonsizlanish, uyquchanlik va hokazolar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Soxta Krizis (psevdokrizis) ham ko’zatilib, bunda temperatura qisqa vaqt pasayadi va bemorning ahvoli yaxshilanib turadi. Organizmdagi yiring o’chog’i yo’qotilgandan yoki mikroblarga qarshi kuchli dorilar berilgandan keyin ham temperatura Krizis yo’li bilan pasayishi mumkin.