Krossingover

Krossingover (ing. crossing — over— chalkashuv) — chalkashish, gomolo- gik xromosomalarshng o’xshash qismlari b-n o’rin almashinishi natijasida xro- matida iplarining uzilishi va yangi tartibda birikishi. Birinchi marta amerikalik biolog T. Morgan aniqlagan (1911). Olim gomologik juft xromoso- malarda genlar doimo o’rin almashinib turishini drozofila (meva pashshasi) da o’tkazilgan tajribalarda isbotlagan. K. har xil genlar allellajning yangi kombinasiyalariga olib keladi. K. po- pulyasiyalarla kombinativ o’zgaruvchanlik paydo bo’lishiga olib kelishi tufayli tabiiy tanlanish uchun material beradi. K. aksariyat holdarda hujayralarning meyoz, ba’zan mitoz bo’linishida ro’y be- radi. K. DNK molekulasining har ikki, yoxud bitta ipida bir qancha genlar yoki genning bir qismiga ega bo’lgan xromo- somalar katta qismlarining qayta kom- binasiyalanishiga olib keladi. Genlar orasidagi K. chastotasi xromosomadagi genlararo masofani bildiradi. K.ni o’rganish natijasida xromosomalarning irsiy diskretligi isbotlandi; genlar- ning xromosomada to’g’ri chiziq bo’ylab joylashganligi va birikkan genlar guruhlari aniqlandi; xromosomalar- ning genetik xaritalari (har bir biri- kish guruhida genlarning nisbiy joyla- shish sxemasi)ni tuzish imkoniyatiga ega bo’lindi. K. kombinativ o’zgaruvchanlik miqdorini keskin oshirishi tufayli ta- biiy tanlanish va selektsiya uchun dastlab- ki material beradi. K. barcha hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlar uchun xos.K. xrdisasidan genetik tahlil orqali genetikaning qator muammolari- ni echishda keng foydalaniladi. Ad.: Glo’shakova T. I., Razvitie pred- stavleniy ob individualnosti xromo- som, M., 1983. Sharifjon Turabekov, Mirfozil AB- Zalov.