Krum

Krum (? – 814.13.4) – Birinchi Bulg’or podsholigi hukmdori (803-814). U hukmdor Kardamdan keyin taxtga chiqqan. Protobulg’or va slavyan zodagonlarini birlashtirgan. Franklar tomonidan Anar xoqonligi tugatilgandan so’ng (8-a. ning 90-y.lari) — uning Sharqiy va Jan. erdari Bulg’oriya tarkibiga qo’shib olin- gan (805). Bulg’oriyaning kuchayishini xox-lamagan Vizantiya imperatori Nikifor I (802-811) bulg’or hukmdori kardam b-n tuzilgan sulh shartnomasini buzib, 807 y. Bulg’oriyaga hujum qilgan. O’rtada bir nechta kuchli to’qnashuv va janglar bo’lib o’tgan. 809 y. bulg’orlar Serdika sh.ni (hoz. Sofiya) bosib olgan. 811 y. 26 iyulda K. boshchiligidagi bulg’orlar Vir- bish darasida vizantiyaliklarni tor-mor keltirgan. Bosh qo’mondon imperator Ni-kifor va uning sarkardalari jang- da halok bo’lgan. K. Versinikiya jangi (813 y 22 iyul)da vizantiyaliklarni qayta mag’lubiyatga uchratgach, Adriano- Pol (Edirne) qo’shib olingan. U nafaqat qobiliyatli sarkarda, balki yaxshi dav- lat tashqilotchisi edi. Uning davrida Bulg’oriya mustaqkamlanib, hududi ken- gaygan. Birinchi umumdavlat qonunlari (Krum qonunlari)ni e’lon qilgan. Kon- stantinopol qamaliga tayyorgarlik ko’rish paytida vafot etgan.