Krurova go’zallari

Krurova go’zallari – neolit davriga mansub ikki ayol jasadi. XI- toylik arxeologlar Krurova hududidagi Kunchi daryosi yaqinida joylashgan ikki qad. qabrdan topishgan (1979, 1980-y. lar). Birinchi qabr tepasiga nur sochib turgan quyoshni eslatuvchi 6 qator doy- ra shaklida qoziqlar qoqilgan. Unga taxm. 20 yoshlarda vafot etgan, boshiga cho’qqi namat kuloh, oaqlarida etik, bir ayol va go’dak dafn qilingan bo’lib, ular dag’al namat ustida yotibdi. Jasadning ikki yonida navdalardan nafis qilib to’qilgan, ichiga bug’doy solingan sa- vatlar bor. Bu ayolning hayotlik chog’ida g’oyatda go’zal bo’lganligi uning elkasiga qadar tushib turgan zarrin sochlari, uzun kipriklari, nozik lablari va qirra bur- nidan yaqqol ko’rinib turibdi. Ikkinchi qabrdagi ayol jasadi esa qo’y terisi b-n kafanlanib, tik holda dafn qilingan. Taxm. 40 yoshlarda qazo qilgan bu ayol ham avvalgisi kabi kiyintirilgan, yuz tu- zilishi chiroyli. Uning atrofiga tosh, suyak va yog’ochdan yasalgan haykalchalar qo’yilgan. Uning ham boshida cho’qqi na- mat kuloh, oyoqlarida etik, bo’ylari 5 sm dan 50 sm gacha, ensalariga qadar tushib turgan sochlari esa mayda qilib o’rilgan, ko’zlari qora va lablari qizil bo’yoq b-n pardozlangan. Ikkala ayol jasadi o’zlari ko’milgan zaminning qulay tabiiy shart- sharoiti tufayli, go’yo mo’miyolangandek juda yaxshi saqlangan. Tadqiqotlar K.g.ning qum bo’ronida qolib halok bo’lganini ko’rsatdi. Shu- ningdek, K.g. yoshi dastlabki tekshirish- larda 6412 (+117) yil deb belgilangan bo’lsa, keyingi chuqur tahlillar nati- jasida bu sana 4900 yil degan qat’iy qarorga kelindi. Abduxoliq Aytboev.