KSENOBIOTIKLAR

KSENOBIOTIKLAR (Yunoncha Xenos – betova) — tirik organizmlar uchun yot, begona bo’lgan turli-tuman organik birikmalar. Odamning xo’jalik faoliyati natijasida vujudga kelgan va moddalar aylanishining biologik davrasi bilan bog’liq kimyoviy moddalar. Bo’larga pestisidlar, maishiy kimyo preparatlari, har xil dori-darmonlar, kir yuvish vositalari, mineral o’g’itlar va boshqalar kiradi. Ksenobiotiklar atrof muhitga ko’p mikdorda tushganda tirik organizmlarga halokatli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ksenobiotiklar organizmda turli allergik kasalliklar va irsiy o’zgarishlar paydo qilishi, immunitetni susaytirishi va boshqa oqibatlarga olib kelishi, tabiiy sistemalarda boradigan jarayonlarga ham ta’sir etib, ularni izdan chiqarishi mumkin.