KUBALIKLAR

KUBALIKLAR (o’zlarini kubanos deb atashadi) — xalq. Kubaning asosiy aholisi (10,6 million kishidan ortiq). Taxminan aholisining yarmi mulatlar, qolganlari oq tanli va negrlar. Umumiy soni 11,7 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Ispan tilining Kuba lahjasida so’zlashadi. Dindorlari — katoliklar. Kubaliklar, asosan, qishloq xo’jalik (shakarqamish, tamaki, sholi, meva yetishtirish) bilan shug’ullanadi. Ko’p tarmoqli sanoat rivojlangan. An’anaviy xalq tomoshasi — karvanallar (Las komparsas) o’tkazib turishadi.