Kubroviylik

Kubroviylik — tasavvuf tariqati. 13-a. boshida Xorazmda na- jmiddin Kubro asos solgan. Uning asar- larida tariqatning mohiyati, o’ziga xos talab va qoidalari bayon qilib berilgan. Kubroning tasavvufiy ta’limotiga ko’ra, inson o’z mohiyati b-n kichik olamdir, u katta olam bo’lgan koinotdagi barcha narsalarni va sifatlarni o’zida mujas- samlashtiradi. Ammo ilohiy sifatlar yuqori samoviy doiralarda birin-ketin o’ziga xos maqomlarda joylashganligi- dan, haqiqat yo’lini qidiruvchilar bun- Day kamoga erishish uchun ma’lum riyozat- li yo’llarni o’tishlari zarur. Bu yo’lda unga piri komil rahnamolik qilishi kerak. Kubro kamolotga erishish asosla- rini quyidagi o’nta talab (“o’nta usul”) da ifodalab bergan: tavba — barcha amal- larning boshi bo’lib, Alloh oldida tav- ba qilish, bundan keyingi hayotni ilohiy ezgulik va xayrga bag’ishlashga ahd qilish; zuhd — taqvo, parhez, haromdan hazar qilib, halollikka yuz tutish, Alloh man etgan ishlarni qilmaslik; tanakkul (Tanak-kal) — barcha ishlar- ni qilishda Allohning mehribonligi va qudratiga tayanish; qanoat — hayot kechirishda oz narsa b-n qanoatlanish, mo”tadillik, tuban mayllardan ozod bo’lish; o’zlat — tanholikda bo’lish, xil- vatda ruhni poklash; tanajjuh (yuzla- nish) — butun vujud b-n Allohga yuzla- nib, undan madad so’rash, u sari qalban intilish; sabr — solikning o’z e’tiqodi, niyatini sivashi. Haq yo’lining azobu iz- tirobiga chidagan kishilargina maqsadga erishadi; muroqaba (tafakkurga g’arq bo’lish) — qalb poklangani va tuban ehtiroslardan holiligini tuyib, xotir- jam bo’linganini eslab xayolga cho’mish, Haq taolo rahm-shafqatini ko’tib tu- rish; zikr — Allohning ismini tildan qo’ymaslik, kalimayu duolarni munta- zam takrorlab turish; Rizo — Alloh qudratini chu-qur his qilgan holda, o’zini butkul uning irodasiga topshirish va bundan ho’zurlanish. Bu maqom solikni Haqqa, Haqning unga yaqinlashganligini bildiradi. Kubro ilohiy ma’rifatni sufiy faqat foniylik holatida, ya’ni butkul o’zligini yo’qotib idrok eta oladi, de- gan fikrga e’tiroz bildiradi va Juvayd Bag’dodiyning “sahv” (hushyorlik) yo’lini to’tib, tafakkuriy-aqliy bilimga e’- tiborni qaratadi. Bunday yo’lni Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband ham ma’qullagan. Kubro inson ruhiy kechinmalari, no- zik holatlarini puxta bilgan. Shunga muvofiq “latoif” (“nozik ta’blilik”) nazariyasini ishlab chiqqan. Bu nazariyaga ko’ra, inson ruhi ko’zga ko’rinmas latif markazlardan iborat. Bu ong va tuyg’u, ruh va jism orasidagi bir narsa. Uni ilg’ab olish mushkul. Ammo inson hayotida bu markazlarning ahamiyati muhim. Su- fiy ayni shu markazlarni ilg’ab oli- shi lozim. Ana shu “latoif” insonning ilohiy xislatidir. Sufiy riyozatlar, mashqlar davomida bu latoifni turli holatlarning o’zgarishi, ranglar va shak- llarning almashinishi tarzida tasavvur qiladi. Kubro nazarida nuqta, dog’va do- ira murid ruhiy qolatlari o’zgarishida muhim xizmat qiladi. Doira — falak doiralarining aylanishi, dog’ — dunyo timsoli, nuqta — vaxdatdir. Doira do- imiy aylanishda, u dog’ni ham o’z ichiga oladi. Ammo bo’lar markaz tomon, ya’ni nuqta sari intiladi. Nuqta mohiyatini anglash orqali Alloh olamini idrok etsa bo’ladi. K.da ranglar muhim rol o’yvaydi, ular sufiyning ruhiy holatlarini, Alloh tomon qo’ygan qadamining bosqichlarini bildirib turadi. Zangori rang solikning tavba qilib tariqatga qadam qo’yganida ko’rinadi. Sariq rang- da solikning Alloh yodi b-n yashashi tu- shuniladi. Qizil rang solikning ruhi vujudidan ajrala boshlaganini, ma’- rifatga yaqinlashganini bildiradi. Oq rang yurakning poklanishiga ishora va haqiqatni anglashning boshlanishidir. Yashil rang vahiylikdan nishova. U sir- larning siriga, g’aybga oshnolikni bil- diradi va solikning asl mohiyatlarga etishaetganligini ham anglatishi mum- kin. Mazkur ranglar solikning Alloh tomon ruhiy safarini anglatsa, qora rang Alloxdan xalq sari safarini bil- diradi, sirlar xazinasini eg’allashni va hayratga g’arq bo’lishini ifodalay- Di. Hayratdagi ruh shariatning mag’zi — hikmatini boshqatdan idrok etib, qorong’i bir dog’rangiga o’raladi. Nihoyat solik ruhi yana Alloh huzurida paydo bo’ladi. U qora rangdan qutulib, rang- sizlik holatiga kiradi. Zoti kull (barcha haqiqatga etishish) darajasini egalla- gan solik yakranglik holatida maqsadiga erishadi. Najmiddin Kubrodagi ranglar va ularning ma’nolari ba’zi mutassavif- lar ta’riflagan ranglarning sharhidan farq qiladi. Kubro etti rang xislatini etti tu- shunchaga moslab tushuntirgan. Uningcha, oq rang — Islomni, sariq rang — imon- ni, zangori rang — ehsonni, yashil rang — itminon (ishonch)ni, ko’k rang — Iqon (to’liq ishonch)ni, qizil rang — irfon- ni, qora rang — hayajon (hayrat)ni an- glatadi. Solik ruhi holatlarini, qaysi rang ko’z oldida namoyon bo’layotganini piriga aytib turishi kerak. Pir shunga qarab, muridning qaysi bosqichda turga- nini bilib, unga yangi vazifalar yuklay- Di. Keyingi sufiylar ham Kubro singa- ri qora rangni hayrat belgisi hisoblab, uni ruhning fanoga g’arq holati ramzi sifatida ta’kidlashgan. K.da tariqat a’zolarining yagona tashqiliy tizimi bo’lmagan. Ularni ta’limotning ruhi va maqsadi birlash- tirgan. Kubroning shogirdi Sayfiddin Boxarziy (1261 y.v.e.) Buxoro yaqinidagi Soktariy qishlog’ida Vajmiddin ku- bro nomi b-n atalgan xonaqoh tashqil qilgan. Bu erda K. tariqati 18-a. oxir- larigacha keng tarqalgan edi. Uning a’- zolari Kubro g’oyalarini Movarounnahr sh.larigagina emas, balki Eron, Misr, Iroq va Afg’onistonga ham yoydilar. Ayniqsa, K. Hindistonda chuqur il- diz otdi. Keyinchalik K.ning bir qancha mustaqil shoxobchalari vujudga kel- Di. Bo’lar — firdavsiya, Nuriya, rukniya, hamadoniya, ig’tishoshiya, zahabiya, nurbax- shiya. K. tufayli irfoniy hikmat va inso- niy poklik, ilohiy ma’rifat g’oyalari butun Sharqqa tarqaldi, bu tariqat is- lomning shuhratiga Shuhrat qo’shdi. Ad.: Komi lov N., Tasavvuf (2-kitob), T., 1999; Snesarev G. P., Xorezmiyskie legendi kak istochnik po istorii Reli- gioznix kultov Sredney Azii, M., 1983; Tri-mingem Dj. S, Sufiyskie ordeni v islame, M., 1989. Najmiddin Komilov.