Kucherskiy Nikolay Ivanovich
Kucherskiy Nikolay Ivanovich (1937.21.7, Ukraina, Donesk viloya- ti Mariupol sh.) — konchi-muhandis, Metallurg, i. ch. novatori, O’zbekiston Qahramoni (1996), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan injener (1975), texnika fan- lari D-ri (1999). Dnepropetrovsk kon- chilik in-ti shaxta qurilishi f-tini tu- gatgan (1961). Mehnat faoliyatini 1961 y.dan Navoiy kon-metallurgiya k-tida boshlagan. Uchquduqdagi Shim. Ruda boshqarmasida konchi usta, muhandis, uchastka boshlig’i, karer” boshlig’i (1961-71), Navoiy kon-metallurgiya k-tining Zarafshon sh.dagi Marka- ziy ruda boshqarmasi bosh muhandisi (1971-83), direktori (1983-85). 1985 y.dan Navoiy kon-metallurgiya kti direktori, ayni paytda, 1991 y.dan “Qizilqumkamyobmetalloltin” davlat kontserni Kengashi raisi. K. rahbarligi va ishtirokida oltin konlarida kon texnikasini modernizasiyalash va tsik- lli potok texnologiyani tashkil qilish bo’yicha yirik tadqiqot ishlanmalari bajarildi, Muruntov oltin ajratish majmuining 2 – va 3-navbati qurildi, oltin b-n bir qatorda yo’ldosh volfram, kumush, palladiyni ajratib olish texno- logiyasi ishlab chiqildi va i. ch.ga joriy qilindi. K.Rossiya Konchilik FA akad. (1992), Xalqaro fanlar, ta’lim, industriya va san’at akademiyasining haqiqiy a’zosi (1997), xalqaro axbo-rotlashtirish aka- demiyasining akad. (2000). 1— 2-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majli- si deputati. “Do’stlik” ordeni b-n muko- fotlangan (1994). As: flagman industrii nezavisimogo Uzbekistona. T., 1997; Zoloto Kizilku- mov, T., 1998.