KUFTON

KUFTON — o’rta asrlarga oid mulk. Sheroboddaryo havzasi (Surxondaryo viloyati) da joylashgan. Tabariyning yozishicha, 705 yil Qutayba ibn Muslim Amudaryoni kechib o’tganda uning huzuriga Chag’oniyon podshosi, so’ngra Kufton podshosi sovg’a salom, pul bilan kelishgan. Kufton podshohi Qutaybani o’z yurtiga taklif etgan. So’ngra har ikki podshoh o’z mulklarini ixtiyoriy suratda Qutaybaga topshirganlar. Arablar istilosidan so’ig Kufr mulki manbalarda uchramaydi. Biroq bu atama 15-asrgacha Termiz va Chag’oniyon shimoldagi tog’lar nomi — Ko’hton shaklida saqlanib qolgan.