KUGUCHKOV DANIIL MIRONOVICH
KUGUCHKOV DANIIL MIRONOVICH (1897.20.12, hozirgi Stavropol o’lkasi, Georgiyev tumani — 1970.11.4, Samarqand) — tuproqshunos olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1958), qishloq xo’jalik fanlari Doktori (1955), professor (1957). Orjonikidzedagi Gorek qishloq xo’jaligi institutini tugatgan (1931). O’zbekiston qishloq xo’jaligi institutining tuproqshunoslik va umumiy dehqonchilik kafedrasi mudiri (1934-70). Kuguchkov karbovatlar bilan sho’rlangan tuproqlar tasnifini ishlab chiqdi. Zarafshon vodiysidagi gidromorf tuproqlarda sho’rlanishning yangi — karbonat-magniyli turini aniqladi va uning ekinlarga zararli ta’sirini isbotlab berdi, drevaj va yer osti suvlarini tadqiq etdi.