KUGULTINOV DAVID NIKITICH

KUGULTINOV DAVID NIKITICH (1922.13.3, Choxan — Avganara qishlog’i) — Qalmoq xalq shoiri (1969). Ijodi 1936 yildan boshlangan. Qalmoq va rus tillarida ijod qiladi. Birinchi she’riy to’plami — “Yoshlik she’rlari” (1940). “Moabit tutquni” (1958), “Sar-Gerel” (1963-64), “aql qo’zg’oloni” (1965-71) kabi dostonlar; “hayot va o’ylar” (1963— 67) va “butun umr” (1939-67) she’rlar majmui hamda “men sening tengdoshingman” (1966), “aprel chaqirig’i” (1975) kabi she’rlar to’plami muallifi.