Kulliyot

Kulliyot (Arab. — to’la, butun) — 1) muayyan adibning to’la yoki asosiy asarlari to’plami. K. adib ijodida xa- rak-terli ayrim janrlardagi asarlar- dan tuzilishi ham mumkin. Mas, “Kul- liyoti qasoyidi Xoqoniy” (“Xoqoniy qasidalari kulliyoti”). K.ga shoir yoki yozuvchining hamma asarlari kiritilgan bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. Navoiyning Toshkent, Sankt-Peterburg, Parij va Istanbul kutubxo-valaridagi K.lari mukammal emas. Ammo shoirning asosiy asarlarini o’z ichiga olganligi uchun K. deb yuriti-ladi. 2) o’n ikki maqom tizimiga mansub vo- kal musiqa asarlari turi. She’riy mat- nida vag’malar yoki kuylar doirasi (advor an-vag’am), o’n ikki maqom, Yi-girma to’rt sho”ba, olti ovoza va usullar doirala- ri (Advori zurub)ning nomlari kelti- rilib, ular majoziy ma’-noda maqom yo’llarining tuzilish tar-tibini aks et- tirgan. Mas, Kavkabiy, Tabibiy, Mutri- biy asarlarida K. va-muvalari keltiril- gan. Bu asarlar makom va sho”balarning ijro etilish vakti va o’rnini ko’rsatib turgan.