Kungay Olatov

Kungay Olatov – Tyanshan- ning shim.dagi tizma. Qozog’iston b-n Qirg’iziston chegarasida. Jan.da Issiqko’l b-n chegaradosh. K.O.g’arbda Bo’o’m darasidan sharkda Charin daryosi (Ilining chap irmog’i) ning bosh qismiga qadar (200 km ga) cho’zilgan. Eng baland cho’qqisi — Cho’qtal tog’i, 4771 m. Granit, slanes va qumtoshlardan tarkib topgan. Shim. yon bag’ri Jan. yon bag’riga qaraganda tik va qisqa. Tizmaning daralari Tyan – Shan qora qarag’ayi b-n qoplangan. Shim. yon bag’irlarida muzliklar bor.