Kuntug’di

Kuntug’di (rus manbalarida kun- tuvdey) (12-a. 2—yarmi) — qoraqalpoqlar (chyornie klobuki) xoni. Rus solnomala- rida “Torchesk knyazi” nomi b-n mashhur. 1190 y. Kiev knyazi Svyatoslav K.ni tuhmat asosida qamoqqa olgan. Biroq Svyatos- Lavning taxtdoshi Ryurik K.ni “Rusga kerakli Jasur kishi” deb ozod qilgan. K. sharmandalikka chiday olmay dasht- ga, qipchoq xoni To’g’li huzuriga qochib borgan. K.ning kelishidan shod bo’lgan qipchoklar Rusga hujum qilishga tayyor- garlik ko’rganlar. K.ning qipchoqlar b-n qilgan birinchi harbiy yurishi Poro- Sedagi Churvaev sh. bo’lgan K. uni egal- lab, yondirib yuborgan, Knyaz Churvayning ikki xotini va xizmatkorlarini asir olib qaytgan. Kish faslida K. To’g’lixon (Ito’g’li) va Oqqush (Akush) b-n birga Yava Porosega chopqun qilgan. Ryurik Jan- jalni tinch yo’l b-n bostirish uchun K. b-n sulh tuzishga majbur bo’lgan. Unga ko’ra, K.ga bir qancha rus shaharlari be- rilgan. 1184 y. Konchak b-n bo’lgan jangda rus knyazlari tomonida turib qatnashgan. ..Pletneva S. A., Polovsi, M., 1990.