Kunxo’ja Ibrohim o’g’li
Kunxo’ja Ibrohim o’g’li (1799-1880)— qoraqalpoq shoiri. “O’roqchilar”, “oq qamish”, “cho’ponlar” she’rlarida qoraqalpoqlar hayoti, tur- mush mashaqqatlari, yaxshi kunlar keli- shi to’g’risidagi orzu-umidlar aks etgan. “Boy bolasi”, “el bilan”, “mening bo- Lam” kabi she’rlarida ijtimoiy zid- diyatlar, adolatsizlik ochib berilgan, in-sofsiz, muruvvatsiz shaxslarning kirdikorlari fosh qilingan. “Unutmas- man”, “tuya ekansan”, “kun qaerda” asar- lari qoraqalpoq mumtoz she’riyatining eng yaxshi namunalaridan hisoblanadi. She’riy to’plami (“she’rlar”, Zo- hidjon Obidov tarjimasi) o’zbek tili- da nashr etilgan (1973).