KURDONYOR

KURDONYOR (Frans. cour d’honneur — xos hovli) — saroy kabi hashamatli bino tarkibida tashqil etilgan yarim ochiq hovli, yarim ochiq hovlili saroy. Ular- ning old tomoniga hamda yon qanotlariga ba’zan qator ustunlar ishlanib, ko’cha, tashqi maydon va yo’ldan to’siqlar b-n ajratilgan. 17-19-a. boshlarida Ev- ropa me’morligida keng tarqalgan. Za- monaviy me’morlikda ba’zan binoning tashqi ko’rinishini hashamatli qilib ko’rsatishda qo’llaniladi. Mac, Toshkent viloyat ijroqo’mining sobiq binosi (hozir Alisher Navoiy nomli adabiyot muzeyi va rus tomoshabinlar teatri).