Kurfyuristlar

Kurfyuristlar (nemischa Kurfursten-ayni ma’nosi saylovchi knyazlar)-Muqaddas Rim imperiyasida XIII asrdan imperator saylash huquqi biriktirilgan knyazlar (ruhoniy va zodagonlar). Kurfyuristlar jamoasi 1356 yilgi Karl IV ning oltin bullasi bilan huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan. Unvon Muqaddas Rim imperiyasi inqirozidan so’ng (1806) tugatildi. Bavariya, Saksoniya va Vyurtemburg o’sha yiliyoq qirollikka aylandi. Baden buyuk gertsoglik bo’lib qoldi. Zaltburg Avstriyaning, Resenburg 1810 yili Bavariyaning tarkibiga qo’shildi. Kurfyurist unvonini faqat Gessen-Kassal hukmdori saqlab qoldi. 1866 yili Gessen-Kassel Prussiya tomonidan egallangach, Kurfyuristlar adabulabad sahnasidan ketdilar.