KUROSANA AKIRA
KUROSANA AKIRA (1910.23.3, Tokio -1998) — yapon kinorejissyori, stsenariychi. Rejissyorlik faoliyatini 1936 yil boshlagan. 1950 yil ekranlashtirgan “rasyomon” filmi bilan jahonga tanildi. “Ovsar”, “yetti samuray”, “dersu O’zala”, “jangchining soyasi”, “Jarohat”, “avgust rapsodiyasi” filmlari mashxur. Uning filmlari inson xarakterini ochishda o’ziga xos talqini, o’tkir dramatik ziddiyatlari bilan ajralib turadi. Axloq, shaxsning ruhiy takomili, insonning doimo ezgulikka intilishi lozimligi Kurosana ijodining asosiy mavzusidir.