Kursk jangi

Kursk jangi – 2-jahon urushi- dagi eng yirik janglardan biri (1943 y., 5 iyul — 23 avg.). Stalingrad jangi (1942-43) dan so’ng, Bryansk, Voronej va Markaziy frontlarning qo’shinlari ne- mis fashist qo’shinlarini ulkan hudud bo’ylab surib tashlagan. Natijada “Kursk yoyi” deb atalmish front chizig’i yuzaga kelgan. Nemis fashistlar qo’mondonligi ana shu erda Voronej va Markaziy front qo’shinlarini o’rab olib, tor-mor qilish rejasini tuzgan. Bunga qarshi sovet qo’mondonligi dastlab mudofaa, key- in qarshi zarba operasiyalari b-n dush- manni tor-mor keltirish va uning yangi rejalarini barbod qilish rejasini ishlab chiqqan. “Kursk yoyi”ni mudofaa qilayotgan qo’shinlarga qarshi nemislar o’zining, 2, 9-piyoda askarlar, 4-tank ar- miyasi, “Kampf” tezkor guruhini jang- ga tashlagan. Vatijada ular 5 iyulda Oryol-Kursk yo’nalishi bo’yicha 10-12 km, Belgorod-Kursk yo’nalishi bo’yicha 35 km masofaga yorib kirgan. Iyul— avg. oylarida Markaziy, Voronej va dasht (general polkovnik I.S. Konev), G’arbiy (general polkovnik V. O. Sokolovskiy), Bryansk (general polkovnik M. M. Po- pov) va Jan.-G’arbiy (armiya generali R. Ya. Malinovskiy) fronti qo’shinlari qarshi hujumga o’tib fashistlarning 30 diviziyasini yakson qilgan. Oryol va bel- gorod (5 avg.), Xarkov (23 avg.) sh.lari ozod qilingan. K.j. 2-jahon urushida hal qiluvchi burilish yasagan va strategik tashabbus O’zil-kesil sovet qo’shinlariga o’tgan.