KURSK MAGNIT ANOMALIYASI
KURSK MAGNIT ANOMALIYASI -Rossiyadagi eng yirik magnit anomaliya- si. Umumiy mayd. 120 ming km2 ga yaqin. Ikki asosiy magnit anomaliyasidan tashqil topgan; o’z. kariyb 600 km, eni 150-250 km, asosan, RFning Kursk, bel- gorod, Oryol viloyatlarida joylashgan. K.m.a.ni ilk bor rus olimi P. B. Inoxod- tsev aniqlagan (1783). 1919 y.dan K.m.a.da muntazam geologik va geofizik tekshi- rishlar olib borildi. 1923 y. Shchigri sh. yonida 167 m chuqurlikda burg’i kovagi kovlanib, temir ruda qatlami ochildi. K.m.a. hududi geologik jihatdan to- kembriy tor jinslaridan iborat. Ular- ning orasida magnetit-temirli-kvarsit qatlamlari bor. Proterozoy davri sla- neslari izoklival bukilma hosil etgan. Vaqt o’tishi b-n K.m.a.dagi temirli kvar- tsitlar shiddatli nurab, gematit-martit- li temir rudalarining bo’sh qoplamini hosil qilgan. Undagi temirning miqdori 50% dan ortiq. Bu qoplamlar siderit b-n tsementlashib, zich siderit- martitli ruda turini vujudga keltir- gan. Ularda 53-57% temir, 3,6—13% qumtuproq, 0,15—0,49% oltingugurt, 0,03% fosfor bor. Belgorod yaqinida temir rudasi 500 m chuqurlikda. Bu rudalar yuqori sifat- li bo’lib, temirning o’rtacha miqdori 61,5%, qumtuproq 5%, fosfor 0,09% va oltingugurt 0,99%. K.m.a. rudalarining umumiy balans zahirasi 55 mlrd. t ni tashqil etadi. Ular tarkibida magnetit, martit, siderit, shamozit, kaltsit bor. Konlardagi ruda ochiq va er osti usulda qazib chiqarilmoqda. Ru-dalarga “KMA ruda” kombinatida ishlov beriladi.