Kurtak
Kurtak — 1) yuksak o’simliklarning novda kurtagi. K. uchki qismida o’sish ko- nusi bo’lgan boshlang’ich poya va o’zaro zich joylashgan har xil yoshdagi bargchalar- dan (vegetati v K.) yoki ular b-n birga o’rnashgan boshlang’ich gul va tuigullar- dan (generativ K.) iborat. Boshlangich gul K. g’uncha deyiladi. Qishlaydigan K. sirt- dan qo’ng’ir qobiq (shakli o’zgargan bar- glar) b-n qoplangan. K. novdaning uchida (uchki K.), barg qo’ltig’ida (barg K.) yoki poyaning boshqa qismlari, ildiz, ba’zan barglarda (qo’shimcha K.) bo’ladi. Bahorda yozilmaydigan va novdada rivojlanmay turgan K. uyqudagi (yashirin) K. deyila- Di. O’simlik kesilganida yoki singanida bunday K.dan yangi novda o’sib chiqadi. O’simliklarning bu xususiyatidan bir tur o’simlikni boshqa tur o’simlikka payvandlashda foydalaniladi; 2) ba’zi umurtqasiz hayvonlar (bo’shliqichlilar, halqali chuvalchanglar va b.)da ova organizmida rivojlanayotgan jinssiz yoki jinsiy yosh organizm.