Kurtuaz adabiyot
Kurtuaz adabiyot (fransuzcha Courtois-nazokatli, ritsarona)-XII-XIV asrlarda Yevropada saroy-ritsarlik adabiyoti oqimi; Fransiyada trubadurlar va truverlar she’riyati, Germaniyada minnezingerlar ijodi va ritsarlik romanlarida namoyon bo’ladi. Kurtuaz adabiyot harbiy jasoratlarni, ayollarga xizmat qilishni sharaflaydi, ritsarlik urf-odatlarini aks ettiradi.