Kushon podsholigi

Kushon podsholigi – o’zbek davlatchiligi tizimidagi kad. Davlat (mil. 1-3-a.lar). Mil. 1-a.ning 1-yarmi yoxud o’rtalarida yuechjilar tasarrufi- dagi Kushon mulkining yuksalishi na- tijasida vujudga kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida —yuechji) mil. AV. 140 y. Sirdaryo ortidan Baqtriyat ke- lib, saqlarni enggan va Yunon-Baqtriya podsholigi o’rnida bir asr davomida 5 qabilaga bo’linib yashagan. Bo’lardan ku- shon (Xitoy yilnomalarida Guyshuan) qabilasi jabg’usi Kujula Kadfiz (kad- fiz I) mil. 1-a.da qolgan 4 qabilani bo’ysundirib, o’zini hukmdor deb e’lon qilgan. “Kushon” atamasi yo sulola yoki qabilaga tegishli bo’lib, u ilk bor mil. AV. 1-a. oxiri — mil. 1-a. boshi- da qukmronlik qilgan podshoh “Geray” — Sanab zarb qildirgan tangalarda qo’llangan. Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga shim. Baqtriya (To- jikiston hamda O’zbekistonning Jan., Turkmanistonning Jan.-sharqidagi er- dar) kirgan. Dastlab jabg’u, keyinchalik podsho unvoni b-n davlatni idora qilgan Kadfiz I K. p.ga asos solgan bo’lib, uning davrida Kushonlar hoz. Afg’oniston b-n Pokistonning ko’pchilik qismini bosib olgan. Kadfiz I ning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi davrida Hindistonning aksariyat qismi K. p.ga qo’shib olingan. K. p. ning eng ravvaq topgan davri Kanishka hukmronlik qilgan vaqtga to’g’ri keladi. O’rta Osiyoda Kushon mulklarining shim. chegarasi Hisor tizmasi bo’ylab, u erdar- dagi tog’daralarida g’oyatda mustahkam chegara devorlari qurilgan. K. p. davrida urushlarning tez-tez bo’lib turishi natijasida mamlakatda harbiy asir-qullar miqdori oshib bor- gan. Xitoy va Parfiya b-n kurash olib borayotgan K. p. Yaqin Sharkda hukmron bo’lish uchun Parfiya b-n urushayotgan Rimning ittifoqchisi edi. Biroq sav- do manfaatlari bu davlatlarni o’zaro yaqinlashtirgan. “Buyuk ipak yo’li” bo’ylab xalqaro savdoning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Sharkda — Sharqiy Turkistonning qo’shib olin- gan shaharlar—vohalari orqali Xitoy b-n, Jan.da — kushonlarga tobe shim. Hindiston b-n, g’arbda — dengiz yo’li b-n, Misr orqali yoki quruqlikdagi yo’l b-n Eron orqali O’rta dengiz havzasidagi Rim imperiyasi shaharlari b-n, shim.da Xorazm va Uralbo’yi orqali Sharqiy Evropa b-n savdo qilingan. Jan. O’zbekistondan Kushonlar davriga oid yuzdan oshiq shahar va qishloq xaro- balari aniqlangan. Bu davrda shahar va qishloq o’zaro mustahkam aloqada bo’lgan: har bir shahar atrofida ko’plab mayda qishloqlar joylashgan. K. p. siyosiy hokimiyat ruhoniylar qo’lida bo’lgan davlat bo’lib, unda pod- sho dunyoviy rahbar bo’lish b-n birga bosh kohin ham edi. Davlat satraplik (q. Satrapiya) larga bo’lingan bo’lib, ularning satrapparn ayrim erkinli- klarga ega edi. K. p. quldorlik davlati bo’lsada, unda qishloq jamoasi muhim o’rin tutgan. Kushon podsholari mam- lakatda keng ko’lamda dinlararo muro- sasozlik siyosatini yurgizgan: aholi, asosan, buddizmnmng Mahayana mazhabiga e’tiqod qilgan, shuningdek, mamla- katda zardushtiylik, otashparastlik, hinduizm kabi ko’plab boshqa dinlar ham bo’lgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul tizimida ko’proqoltin va mis tangalar qo’llanilgan. Dehqonchilik, xususan, sug’orma dehqonchilik rivojlangan, q. x. ekinlarining ko’pchilik turi ekilgan. Mil. 3-a.ning 1-yarmi yoki o’rtalarida K. p. barham topgan. Baqgriya — Toxariston maxsus mulk sifatida Sosoniylar dav- lati tarkibiga kirgan. Uni kushonshoh unvonli sosoniylar xonadoni vakillari idora qilgan. Madaniyati . K. p. Rim, Parfiya va Xitoy b-n har jihatdan bellasha olgan Qad. Sharqdagi eng qudratli saltanat- lardan biri bo’lib, ikki asr mo-baynida osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy, ij- timoiy va madaniy hayotiga katta ta’- sir o’tkazgan. Bir saltanat tarkibida bir necha mamlakatlar, xalq va elatlar- ning birlashuvi turli madaniyatlarni o’zaro yaqinlashtirdi, davr madaniyatlari (mahalliy qad. Baqtriya, yunon, sak va hind madaniyatlari)ni mujassamlash- tirdi. Ammo, K. p. madaniyati tarixi- ning ayrim jihatlari hano’zgacha noaniq bo’lib, tarixchi, sharqshunos va arxeo- log olimlar ularga oydinlik kiritish uchun izchil va chuqur i. t.lar olib bor- mokdalar. Chunonchi, bu borada 1913 va 1960 y.larda London, 1968 y. Do’shanbe, 1970 y. Kobulda xalqaro simpozium- lar o’tkazildi, YUNESKO qoshidagi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini o’rganish komissiyasi esa Kushonlar ta- rixi va madaniyatini o’rganishni o’z ol- diga asosiy vazifalardan biri qilib qo’ydi. Arxeologlar Kushon madaniyati- ga oid Bagram, Balx, began, Surxkxo’tal (Afg’oniston), Kosambi (Hindiston), Sirsukx, Taksila (Pokiston), Ayri- tom, Bozorqala, Dalvarzintepa, Zarte- Pa, ko’hna Voe, Termiz, Xayrobodtepa, Xolchayon (O’zbekiston), Kayqubodshoh, Ko’hnaqal’a, Shaxrinav, Munchoqtepa (To- jikiston)da qazish ishlari olib bordi. Arxeologik topilma va ko’hna yozma man- balar asosida Kushonlar madaniyatiga doyr quyidagi muhim ilmiy ma’lumot- lar aniqlandi: burjli mustahkam mudo- FAA devoriga ega bo’lgan shahar qurilishi taraqqiy etgan, bir necha o’nlab shunday shaharlar, ko’plab yirik sug’orish insho- otlari qurilgan. Shaharlar ichida ar- klar mavjud bo’lib, ularning atrofini turli binolar majmuasi qurshab turgan. K. p.ning shim.-g’arbiy hududlaridagi binolar qurilishida ko’proq xom g’isht va paxsadan, Jan.-sharqida esa toshdan foydalanilgan. Shaharlar, odatda, Daryo bo’ylarida, strategik jihatdan qulay joylarda bunyod etilgan. Ular podsho sa- royi, boy-zodagonlar va hunarmandlar mahallasi, ko’cha va maydonlar, hovo’zlar, turli dinlarga mansub inshootlar, ekin- zor va bog’lardan iborat bo’lgan. Uylar ko’p xonali, hashamatli bo’lib, ba’zilari ikki qanatli qilib qurilgan. Hovli sahni, xona- lar poli, zinalar va b.da turli hajmdagi pishiq g’ishtlar qo’llanilgan. Ayvon yog’och ustunlari ostiga ohaktoshdan yo’nilgan chiroyli tagkursilar o’rnatilgan. Tom- dan to’shadigan suvlar uchun maxsus sopol tarnovlar ishlatilgan. Bino va xonalar haykaltaroshlik, tasviriy san’at asar- lari b-n bezatilgan. Haykal va rasmlar- da, asosan, podsholar, podsho xonadoni a’zolari, boy-zodagonlar, sozanda va masxarabozlar tasvirlangan (mas, xol- chayonda). Budda diniga mansub inshoot- larda esa Budda va uning safdoshlari, izdoshlari, kohinlar va xizmatkorlar ifodalangan (mas, Ayritom, Dalvarzin- tepa, Qoratepa, Fayoztepasa). Haykallar, asosan, ohaktosh, loy va ganchdan tayyor- langan, ular orasida sirtiga tilla suvi yuritilganlari ham bor. Devoriy surat- larda esa diniy va bazm marosimlari, tabiat manzaralari, suvoriylar tasvir- langan. Kulolchilik taraqqiy etgan, to- pilgan sopol idishlar xilma-xilligi va o’zining nozik, jarangdorligi b-n alohida ajralib turadi. Amaliy san’at keng rivojlangan, uning eng yaxshi na- munalari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanmokda. Zeb-ziynat buyumlari, mehnat va jang qurollari yasash, mato to’qish taraqqiy etgan. Ka- nishka I davrida Kushon-Baqtriya tili davlat tili sifatida qabul qilingan. Aholi, asosan, buddizm dinining Mahayana mazhabiga e’tiqod qilgan, ko’plab budda ibodatxonalari qurilgan, shuningdek, otashparastlik, hinduizm ham keng tarqalgan. Kanishka buddizm tarixida birinchi bo’lib vaqt-vaqti b-n diniy yig’in chaqirib turishni joriy etgan. Dastlabki yig’inda buddizmning mazkur yangi mazhabi — Mahayana ras- miylashtirilgan. Bu esa buddizmning Osiyo mamlakatlarida keng tarqalishiga, uning jahon dinlaridan biriga ayla- nishiga sabab bo’lgan. Topilgan tanga- larning orqa tomonida turli ma’budlar — Mixra-Mitra (Quyosh ma’budi), Otash (olov ma’budi), Farr (omad va ma’mur- chilik ma’budi) va b. tasvirlanganligi buni isbotlaydi. Saltanatda savdoning rivojlanishi yozuvning keng ko’lamda tarqalishiga imkon yaratgan. Oromiy yozuvi asosida Sug’d va Xorazmiy yozuvla- ri vujudga kelib, taraqqiy etdi. Hind alifbosiga asoslangan kharoshthi yozuvi namunasi ilk bor Termizdan, teri va tax- taga bitilgan Xorazmiy yozuvi namunasi esa Tuproqqal’adan topildi. K. p. erda- ridan o’tgan Buyuk ipak yo’li tashqi sav- doning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatganligi aniqlandi. Kushon pod- sholari zarb qilgan oltin, kumush va mis tangalar Efiopiya, Skandinaviya, Italiya va b. ko’pgina mamlakatlarda topildi. Bu esa K. p. chet mamlakatlar b-n keng miqyosda savdo va madaniy aloqalar olib borganligidan dalolat beradi. Sharkdan olib kelingan ipakka G’arb bozorlari- dagi mollar almashtirilgan. Umuman savdoda ko’p tovarlar qatori dorivor- lar, Rim tilla tanga va taqinchokdari, fil suyaklari va undan tayyorlangan tur- li buyumlar hamda “tirik tovar” — so- zanda, raqqosa va hunarmand qullar ham bo’lgan. K.p.ning dastlabki poytaxti O’zbekistonning Jan.dagi Dalvarzin- tepada bo’lgan, podsho Kanishka davri- da esa Peshovar sh.ga ko’chirilgan. Ayni shu davrda badiiy, san’at maktablari (Gandxara, Matxura, Baqtriya) shakllan- Di. Kanishka adabiyot va san’at homiysi bo’lib, Kashmir viloyatida Kanishkapur sh.ga asos soldi. Uning saroyida mashhur buddaviy olimlar Pareva va Vasumitra, buyuk shoir va faylasuflar Ashvagxosha, Matricheta, Vagarjuva hamda Charaka yashab ijod qilgan. K. p.ga doyr yozma manba va arxeolo- gik topilmalar Kushonlar madaniyatini o’rganish, ularning O’rta Osiyo, jum- ladan, O’zbekiston xalqlari madaniya- ti taraqqiyotida tutgan o’rnini ilmiy baholashda muhim ahamiyatga ega. K. p. si- yosiy tarixi va madaniyati o’tmishining hali to’la, haqqoniy yoritilmagan jihatlari ko’p bo’lib, O’zbekiston, Hindiston, Frantsiya, AQSh, Italiya, Vengriya, Tojikiston, Afg’oniston, Ros- siya, Yaponiya olimlari ularni aniqlash borasida chuqur, izchil i. t.larni davom ettirmokda. Ad.: Pugachenkova G. A., Xalchayan, T., 1966; Gafurov B. G., Ko’shanskaya epoxa i mirovaya tsivilizasiya, M., 1968; Stavi- skiy B. Ya., Ko’shanskaya Baktriya. Proble- mi kulturi, M., 1977; Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V., Dalverzintepa — ku-Shanskiy gorod va yuge O’zbekistova, T., 1978; L itvi iski y B. A., Sedov A. V., Kulti i rituali ko’shanskoy Baktrii, M, 1984; Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V., Severvaya Baktriya — Toxaristan, T., 1990; Kultura i iskusstvo drevne- go O’zbekistova [katalog vistavki], kn. 1 i 2, M., 1991; G’iyosov T. G’., Kadimgi Hindiston tarixi, T., 2000. Bahodir Turg’unov, Temur G’iyosov.