Kutuzov
Kutuzov (Tole’nishchev — kutu- zov) Mixail Illarionovich (1745.5.9, Peterburg — 1813.16.4, Buntslau) — Ge- neral-feldmarshal, rus sarkardasi. A. V. Suvorovning shogirdi. 1784 y. dan general-mayor. 1785 y.da bug eger korpusini tuzib, 1787-89 y.lardagi rus-turk urushida qatnashgan. 1790 y.da turklarning Izmail qal’asini shturm qilishda ishtirok etib, A. V. Suvorov- ning aloqida tahsiniga sazovor bo’lgan. 1801-02 y.larda Peterburgning harbiy gubernatori. 1805 y.da Avstriya- dagi rus qo’shinlaridan biriga qo’mondon qilib tayinlangan. Austerlis jangi (1805) dan so’ng podsho K.ga adonat b-n qarab, uni qo’mondonlikdan chetlashti- rib, Kiev harbiy gubernatori qilib tayinlagan (1806). Napoleon b-n urush xavfi yaqinlashgach hamda cho’zilib ketgan rus-turk urushini yakunlash maqsadida Aleksandr I K.ni Moldaviyadagi rus ar- miyasi bosh qo’mondoni etib tayinlash- ga majbur bo’lgan (1811 y. 7 mart). Bosh qo’mondon sifatida 1811 y. 22 iyun Rushchuk jangida turklarga zarba berib, Turkiya b-n Rossiya o’rtasida Buxarest sulhi (1812) ni Rossiya foydasiga im- zolashga erishdi. 8 avg. Vapoleon Bova- Part qo’shinlariga qarshi kurashayotgan rus armiyasiga bosh qo’mondon etib tay- inlangan. Borodino jangidz. Vapoleon armiyasiga qarshi mohirona jang qilgan. Frantsuz qo’shinlariga bir qancha Jan- glarda (Tarutino, Maloyaroslaves, vyaz- ma, Berezina daryosi bo’yida va b.) jid- diy zarbalar bergan, natijada Vapole- on qolgan-qutgan qo’shini b-n Rossiyani tark etishga majbur bo’lgan. 1813 y. yanv. da K. armiyasi G’arbiy Evropa hududiga kirgan. K. sarkardalik salohiyati va harbiy layoqati evaziga graf hamda smo- Lensk knyazi unvoniga sazovor bo’lgan. Polshaning Buntslau (qoz. Boleslaves) shaharchasida vafot etgan, Peterburgdagi Qozon soboriga dafn etilgan. Ad.: Bryagin M. G., Kutuzov [izd. 3-e], M., 1970.