Kuya, kuyalar

Kuya, kuyalar (Tineidae) — kapala- klar turkumiga mansub hasharotlar. Turliqanotlilar (Frenata) kenja turku- Mining 70 dan ortiq oilasini o’z ichiga oladi. Qanotlari ensiz, yozilganda 1-5 sm, oldingi qanotlari orqa qanotidan kattaroq bo’lishi, ko’pincha bo-shida tik- kayib turgan tangachalarining borligi b-n ajralib turadi. 2000 dan ortiq turi mavjud, jumladan, O’rta Osiyoda 35-40 dan ko’p turi uchraydi. Bir qancha turlari turar joylarda, omborlarda yashaydi. K. orasida zararkunandalari ko’p. Kapalagi qo’ygan tuxumdan chiqqan qurt (lichinka) lari zarar keltiradi. Haqiqiy K.lar oilasiga mansub zararkunandalardan poya K.sining qurtlari bug’doy va javdar o’simligi poyalarini, ombor K.sining qurtlari don, meva qoqilari, pustin K.si va kiyimlari jun, junli matolar, mo’yna va b.ni zararlaydi; to’rvali K., Girdak K., meva K.si olma, nok, do’lana, o’rikning rivojlanayotgan kurtaklari, keyinchalik barglari b-n oziqlanib kat- ta ziyon keltiradi. Karam va butguldosh- larga mansub boshqa o’simliklarga karam K.si katta zarar keltiradi. Bu K.ni ba’zi olimlar mustaqil oila deb hisoblaydi. O’yiqqanotli K.lar oilasining vakili — gulxyyri kuyasi paxtaning ashaddiy zararkuvandasi; bu oilaga yana don kuyasi, shuningdek, karantin nazoratidagi g’o’za hamda kartoshka K.lari ham kiradi. Kurash choralari: uy-ro’zg’orda uchray- digan K.ga vaftalin, karam K.siga 40% li ripkord (0,1 l/ga), 20% li sumisi- din(0,3 l/ga) yoki fozalon qo’llash; don K.siga qarshi donni 25% li ambo’sh (1,2 g/m2) yoki metil yoki metil bromid b-n do- rilash. Sulton Alimuhamedov.