KUYGANYOR

KUYGANYOR — Andijon viloyati Andijon tumanidagi shaharcha (1978 yildan). Tuman markazi. Temir yo’l stantsiyasi. Viloyat markazigacha 7 kilometr. Aholisi 9,2 ming kishi (2001). Katta Farg’ova kanalidan suv oladi. Andijon qishloq xo’jalik instituti (institut qoshida akademik litsey, lisey-internat va o’quv ilmiy ishlab chiqarish xo’jaligi) faoliyat ko’rsatadi. 1999 yildan O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi va suv xo’jaligi vazirligi qishloq xo’jalik ilmiy ishlab chiqarish markazining sug’oriladigan erdarda g’alla va dukkakli o’simliklar yetishtirish ilmiy tadqiqot instituti ishlaydi. Kuyganyorda qurilish korxonalari, Kuyganyor nasos stansiyasi, umumiy ta’lim maktablari, kutubxonalar, madaniyat uylari, savdo, madaniy, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. Andijon shahardan Kuyganyorga trolleybus qatnovi yo’lga qo’yilgan.