KUZNESK KO’MIR HAVZASI

KUZNESK KO’MIR HAVZASI, Kuz base — Rossiyadagi yirik ko’mir havzalaridan biri. RFning Kemerovo VI- loyatida Kuznesk soyligi hududida joy- lashgan. Umumiy mayd. 70 ming km2, shun- dan ko’mir qatlamliligi 26,7 ming, km2. Geologik tuzilishiga ko’ra, yuqori Paleo- zoy, mezozoy va kaynozoy erasi cho’kindi jinslaridan tashqil topgan. Ko’mirli yotqiziqlar toshko’mir, Perm, trias, yura, bo’r davrlarida hosil bo’lib, qavatma- qavat joylashgan qumtosh, alevrolit, ar- gillit va ko’mir qatlamlaridan iborat. Yuqori toshko’mir davri yotqiziqlari ostrogek svitasi deb atalib, unda 3 ta ko’mir qatlami, quyi Perm balaxonsk svitasida 64 ta ko’mir qatlami bor. Yuqori Perm yotqiziqlari esa 3 svita- ga bo’linadi (pastdan yuqoriga): Kuznesk svitasida 6 ko’mir qatlami, Ilinsk Svi- tasida 64 ko’mir qatlami va eruvakovsk svitasida 105 ko’mir katlami bor. Quyi yura — konglomerat svitasida 19 ko’mir qatlami mavjud. Sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan ko’mir qatlamlari faqat balaxonsk, eruvakovsk va konglomerat svitalarida (qalinligi 10-15 m) uchraydi. Ko’mirning tarkibi- da 4-9% kul, 0,3—0,65% oltingugurt, 4-45% uchuvchi gazlar bor. Balaxonsk svitasidagi ko’mir koks sanoati va ener- getikada ishlatiladi. Konglomerat Svi- tasidagi ko’mirdan esa energetika va kimyo sanoatida foydalaniladi. Kuznesk havzasini qurshab olgan tog’tizmalarida temir va polimetall konlari bor.