Kvant o’tishlar

Kvant o’tishlar – kvant sistema- lar (atomlar, molekulalar va b.) ning bir holatdan ikkinchisiga o’z-o’zidan (spon- tan) yoki tashqi ta’sirlar natijasida majburiy o’tishi. Fotonlar bir energe- tik sathdan ikkinchisiga o’tayotganda nur- lanishi yoki yutilishi, radioaktiv yadro- larning a, r\ u-emirilishi K.o’. ga misol bo’la oladi. K.o’.da sistemaning holatini ifodalaydigan bitta yoki bir nechta kvant sonlar o’zgaradi. K.o’. nurlanish- li va nurlanishsiz bo’ladi. Nurlanish- li K.o’.da sistema elektromagnit nurlar (ultrabinafsha yoki infraqizil nur- lar, rentgen nurlar yoki gamma-nurlar) chiqaradi yoki yutadi. Nurlanishsiz K.o’.da sistema boshqa sistemalar b-n ta’sir- lashgandagina energiya beradi yoki ola- Di. Mas, atomlar yoki molekulalar o’zaro yoki elektronlar b-n to’qnashgandagina uyg’onishi yoki energiyasini yo’qotishi mumkin. K.o’. sistemalarni o’rganishda muhim hisoblanadi. Shuning uchun kvant mexanikada K.o’. energiyasini hisoblab topish muhim masalalardan biridir.