Kvars

Kvars (nem. Quarz) — silikatlar sinfiga mansub eng ko’p tarqalgan jins hosil qiluvchi mineral. Kimyoviy formu- lasi SiO2. K.ning kristalli 2 ta modi- fikasiyasi ma’lum: geksagonal K. (yoki a-K.) 870-573° t-pa oralig’ida turg’un va trigonal K. (R-K.) 573° dan pastda turg’un. r-K. tabiatda eng ko’p tarqalgan. Qo’shaloklari ko’p, kristall donacha, agregat va zich massalar holida uchraydi. K.ning kristallari, donalari, agregat- larining rangi har xil: shaffof — tog’ billuri, binafsha — ametist (safsar), kulrang — rauxtopaz, qora — morion, tillarang — tsitrin vab. Rangining xar xil bo’lishi strukturaviy defektiga bog’liq. Murakkab ranglilari ham uchray- Di, ularga boshqa minerallarning may- da zarralari qo’shilgan bo’ladi. K. ning yashirin kristall xillari agat va xaltse- don nihoyatda ingichka tolasimon tuzil- malardan iborat. K. optik jihatdan bir o’kli, musbat. Ultrabinafsha va qisman infraqizil nurlarni o’tkazadi. Sun’- iy K.ni SiO2 ning suvli eritmasidan yuqori bosim va t-Rada olinadi. K. tur- li tog’jinslarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. K. pezoelektrik xossaga ega. Qattikligi 7. Zichligi 2,65 g/ sm3. Erish t-rasi 1710°, soviganda kvars oynasi deb ataluvchi jismga aylanadi. Monokristallari kam uchraydi va juda yuqori baholanadi. K. O’rta Osiyo (Po- mirda), RF (Uralda), Ukraina (Volinda), Braziliya va Madagaskarda uchraydi. K. qumi va uning metamorflashgan turlari — kvarsitlar keramika va shisha sanoa- tida, monokristallari (pezokvars) op- tika va radiotexnikada, shaffof va chi- royli ranglilari yarim qimmatbaho tosh sifatida zargarlikda ishlatiladi.