Kvars lampasi
Kvars lampasi — elektr yor- damida ultrabinafsha nurlar hosil qiladigan yorug’lik manbai. K.l.ning balloni kvars shishasi (suyultirilgan kvars) dan yasaladi. Ballon trubkasining oxiriga kontaktlar o’rnatilib, ballon- ga simob bug’lari va inert gaz — argon to’ldiriladi. Argondan elektr razryadi o’tganda simob bug’lari ultrabinafsha nurlar chiqaradi. Bu nurlar ba’zi kasal- liklar (mas, raxit) ni davolashda, inku- batorlarda, o’simliklar o’stirishda, shu- ningdek, operasiya zallaridagi havoni tozalashda, suv va sutni zararsizlanti- rishda xamda lyuminessent analizda ish- latiladi. Past, yuqori, o’ta yuqori bosim- li K. l. bo’ladi.