Kvars soati

Kvars soati — vaqtni kat- ta aniqlik b-n o’lchash va astronomic kuzatishlar uchun mo’ljallangan soat. K.s.ning yurayotganligini kvars genera- torining tebranishi b-n aniqlanadi. Ishlashi kvars kristalli plastinka halqa yoki brusok (rezonator)ning pezoe- lektr xususiyatiga asoslangan. Rezonator bukilsa yoki qisilsa, ustki qatlamida elektr razryadlari hosil bo’ladi, va, AK- sincha, unga o’zgaruvchan tok keltirilsa tebranib turadi. Pezoelektr tebranish chastotasidan vaqt aniqlanadi. Tebranish chastotasi yuzlab kGs dan o’nlab MGs gacha boradi. K.s.ning sutkalik xatosi 0,001 sek. dan oshmaydi. K.s.da ikki pog’onali termostat ishlatiladi. U t-Rani 0,001° aniqlikda ushlab turadi. Vaqtni bilish xizmatida kamida 2 ta K. s. dan foyda- laniladi. Bunda ularning tebranish cha- stotalari bir-biriga hamda astronomic kuzatish natijalariga solishtiriladi. K.s. yordamida erning o’z o’qi atrofida no- tekis aylanishi aniqlandi. O’zbekiston FA Astronomiya in-tida 4 K. s. yordamida astronomik kuzatishlar olib boriladi.