Kvarsit
Kvarsit — metamorfik tog’jin- si, tarkibi, asosan, kvarsdan iborat. Zich, donador. K.da kvartsyaan boshqa slyu- da, rogovaya obmanka, xlorit, temir mi- nerallari (magnetit, gematit, martit) va b. bo’ladi. Slyudali, rogovaya obmankali, xlorit va temirli K. mavjud. K. kvarsli qumtosh va kremniyli jinslarning re- gional metamorfizmi jarayonida qayta kristallanishidan hosil buladi. Ko’proq proterozoy yotqiziqlari uchun xos. K. kat- ta masofaga cho’zilgan uzluksiz qatlam ko’rinishida turli metamorfik tog’jin- slari orasida yotadi. K.dan dekorativ qoplama, o’tga chidamli gisht (dinas), kislotabardosh materiallar tayyorlana- Di. K.ning ko’p turlari muhim foydali qazilmalardir. Temirli (magnetitli) K. eng muhim temir rudasi hisoblanadi. Mas, Krivoy Rog va Kursk magnit anoma- liyasi (RF), yuqori ko’l (AKSH), Labra- dor (Kanada) temir konlarida SiO ning miqdori 98-99% ga etadi. K. ning ba’- zi bir turlari abraziv material. Kvas (rus.) — javdar yoki arpa solodi (undi- rib yanchilgan doni), javdar uni, qand va yalpizdan tayyorlanadigan chanqovbosar ichimlik. Oldin kvas suslosi (atalasi) tayyorlanadi, kvas achitqisi va sut kislo- ta bakteriyalari aralashmasi, qand va yal- piz qo’shib achitiladi. 20-25° haroratda 6-12 soatdan keyin susloning bijg’ishi tamom bo’ladi. So’ng 10-15° gacha soviti- ladi, filtrlanadi, bochka yoki shishalar- ga quyiladi. Hozir uy sharoitida oson- gina tayyorlasa bo’ladigan kontsentratlar ishlab chiqariladi. Shuningdek, olma, limon va b. mevalardan tayyorlanadigan K.lar xam bor.