Kvazimodo
Kvazimodo (Quasimodo) — sal- vatore (1901.20.8, Sirakuzi — 1968.14.6, Neapol) — italyan shoiri. Ijodi 20-y.lar oxirida boshlangan. 30-y.larda yolg’izlik va hayotdan zerikishlik (Ger- metizm) ruhida asarlar (“suv va er”, 1930; “g’arq bo’lgan goboy”, 1932; “Erato va Apollion”, 1936; “she’rlar”, 1938) yaratgan. Fashizmga qarshi kurash yilla- rida o’z she’riyatida mavjud ijtimoiy hayotga murojaat etgan (“kunma-kun”, 1947). “Hayot—tush emas”, (1949), “Sox- ta va tabiiy maysa” (1954), “tengsiz zamin” (1958) va b. asarlari vatanpar- varlik, fuqarolik mavzularida. Nobel mukofoti laureati (1959).