Kvebek

Kvebek — Kanadaning Sharqiy qismidagi provintsiya. Mayd. 1540,7 ming km2. Aholisi 7,4 mln.kishi (2001), asosan, kanadalik frantsuzlar. Ma’- muriy markazi — Kvebek sh., eng katta shahri — Monreal. K.ning ko’p qismi Labrador ya.o.da joylashgan, Jan.da AP- palachi tog’larining tarmoqlari (bal. 1311 m gacha) joylashgan, San-Lavrentiy dare vodiysi pasttekislikdan iborat. K.ning shim. tundra, o’rta va Jan. kismi o’rmon. Yanv.ning o’rtacha t-rasi shim. Da -24° dan Jan.da -10° gacha, iyulniki 11-21°, yillik yog’in 500-1000 mm. K. — iqtisodiy jihatdan rivoj- langan provintsiya, elektr st-yalarning umumiy quvvati jihatdan va alyuminiy i.ch.da mamlakatda etakchi o’rinda. Temir, mis, polimetall, oltin, kumush, nikel, asbest konlari bor. Kanadada olinayotgan asbestning aksari qismi K.da qazib oli- nadi. Neftni qayta ishlash, mashinasoz- lik, to’qimachilik, mo’yna, ko’n poyabzal, oziq-ovqat, tsellyuloza-qog’oz sanoati ri- vojlangan. Q.x.ning etakchi tarmog’i — sut chor- vachiligi. Parrandachilik ham rivoj- langan. Ichki va tashqi suv havzalarida baliq ovlanadi. Sanoat markazlari va portlari: Monreal va Kvebek. K.ning hoz. hududida evropaliklar kelgunga qadar indeys va eskimos (shim. qismida) qabilalari yashagan. K.ni dastlab (1608) frantsuzlar egallagan. Etti yillik urush (1756-63) dan so’ng Buyuk Britaniya qo’liga o’tdi. 1774 y.da K.nomini oldi. 1867 y.dan Kanada provintsiyasi. K.ning chegarasi 1898 va 1912 y.larda shim.ga to- mon ancha kengaydi.