Kvetta

Kvetta — Pokistondagi shahar. Balujiston viloyatining ma’muriy Mar- kazi. Aholisi 560,3 ming kishi (1998). Bolan tog’yo’lagi yaqinida joylashgan. Qadimdan Eron va Afg’onistondan Hind vodiysiga boriladigan muhim transport yo’llari tuguni. Bog’dorchilik r-nining savdo markazi. Mashinasozlik, metall- sozlik, tsement, yog’ochsozlik, jun gazla- ma, oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonala- ri, ta’mirlash ustaxonalari, issiqlik elektr st-yasi bor. Hunarmandchilik (qo’lda gilam to’qish, yog’ochga o’yib ishlov berish va b.) rivojlangan. K. atrofidan ko’mir qazib chiqariladi. Yozgi kurort. Geologiya ilmiy tadqiqot in-ti, geol. muzeyi, harbiy akademiya, aeroport bor. Me’moriy yodgorliklardan miri qad. qal’asi, jome masjidi (18-a.) saqlangan.