Kyuri (Curie) Per

Kyuri (Curie) Per (1859.15.5 – Pa- Rij — 1906.19.4) — frantsuz fizigi. Asosiy ilmiy ishlari kristallar fizi- kasi, magnetizm va radioaktivlikka oid. Ukasi Pol Jan Kyuri b-n hamkorlikda pezoelektriklik hodisasini ochgan va tekshirgan (1880). Kristallar simme- triyasi masalalarini (1884-85), fizi- kada simmetriya muammolarini o’rgangan (1894). Magnit hodisalarini tekshi- rish natijasida paramagnit jismlar- ning magnit qabulchanligi mutlaq t-raga bog’liqligini (q. Kyuri-Veys qonuni) va ferromagnit materiallar paramag- nit materiallarga aylanuvchi t-Rani aniqlagan (q. Kyuri nuqtasi). 1898 y.dan boshlab rafiqasi M. Sklodovskaya- Kyuri b-n birgalikda radioaktivlik hodisasini tekshira boshlagan. Polo- niy va radiy elementini kashf qilgan, radioaktiv nurlanishni tekshirgan (1898). Radiy nurlanishining murakkab tarkibini va shu nurlanish ta’siri- da shisha va chinnilarning bo’yalishini aniqlagan (1899). Radiy tuzlaridan o’z-o’zidan issiqlik ajralishini aniqlagan (1903); Nobel mukofoti laureati (1903; M. Sklodovskaya-Kyuri va A. A. Bekkerel b-n birgalikda).