Laboratoriya

Laboratoriya (lotincha laboro — ishlayman) — ilmiy muassasa, vazirlik, korxona, o’quv yurti tarkibidagi ilmiy, ishlab chiqarish-nazorat tajribalari yoki o’quv mashg’ulotlari olib boruvchi mustaqil muassasa yoki bo’lim, bo’linma. Oliy o’quv yurtlarida Laboratoriya 3 turga ajratiladi: o’quv Laboratoriya (ayrim o’quv fanlaridan) — talabalar bilan Laboratoriya mashg’ulotlari olib boriladi; muammoli Laboratoriya — asosiy fanlar bo’yicha yirik ilmiy-texnikaviy izlanish masalalari hal qilinadi; soha Laboratoriya — xalq xo’jaligining muayyan tarmog’idagi dolzarb masalalar hal etiladi. Muammoli va soha Laboratoriyalari korxona, ilmiy tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarda ham bor. Ishlab chiqarish-nazorat Laboratoriyalari davlat va jamoat tashkilotlari tarkibida tuzilib, ishlab chiqarishga oid tayin masalalarni tekshiradi. Masalan, ishlab chiqarish xom ashyosi va tayyor mahsulotni nazorat etish Laboratoriya (zavodlarda), klinik Laboratoriya (davolash muassasalarida), kriminalistik Laboratoriya (tergov va sud organlarida), agronomik Laboratoriya (qishloq xo’jalik tashkilotlarida).