Ladigin Nikolay Vladimirovich
Ladigin Nikolay Vladimirovich (1905.25.11, Yaroslavl – 1976.13.8, Moskva) — rejissyor. O’zbekiston xalq artisti (1944). 1931-70-yillar Toshkentda yashagan. O’zbekistonda harbiy okrug qoshida teatr tashkil etishda faol qatnashgan va 1947 yildan shu teatrning badiiy rahbari va bosh rejissyor bo’lgan. 1958-65 yillar Oxunboboyev nomidagi yosh tomoshabinlar teatrining bosh rejissyor. Sahnalashtirgan spektakllarida ko’tarilgan ijtimoiy masalalarning keskinligi va hayotiyligi, zamonaviyligi bilan e’tiborga molikdir. Eng yaxshi spektakllari: “Hamlet”, “Qirol Lir”, “Romeo va Juletta”, “otello” (Shekspir), “makr va muhabbat” (Shiller), “Tartyuf” (Moler), “Ikki boyga bir malay” (Goldoni), “bukri toychoq” (Ershov), “Oltin kalitcha” (tolstoy), “kechki ovqat oldidan” (Rozov) va boshqalar.