Lalmikon tuz koni
Lalmikon tuz koni – Qashqadaryo viloyatining Janubi-sharqidagi kon. Dehqonobod shaharchasidan 50 kilometr janubda, Turkmaniston chegarasiga yaqin joyda. Sigmoid ko’rinishidagi antiklinaldan iborat. Antiklinalning uzunligi 6-8 kilometr, eni 1-2,5 kilometr. Tuz qatlamlari o’rta qismida yer yuzasigacha ko’tarilgan. Antiklinalning qanotlarida esa tuz 200— 2000 metrgacha qalinlikdagi gilmoya, Alevrolit, qumtosh va ohaktoshlar tagida, neogen va yuqori yura davri yotqiziqlari orasida uchraydi. 1950— 60 yillarda Geologlar yuqori yura davri yotqiziqlaridagi osh tuzi qatlamlari orasida 600-1000 metr chuqurlikda qishloq xo’jalik uchun zarur mineral o’g’it hisoblangan kaliy tuzining 3-5 metrli qatlamlari borligini aniqladilar. Tuz qatlamlaridagi kaliy xloridning miqdori 32— 35%ni tashkil etadi. Kondagi osh tuzining zaxirasi bir necha milliard tonna kaliy tuziniki — 200 million tonna dan ziyodligi ma’lum. Tuz qatlamining qalinligi 400-450 metr. Ba’zi joylarida yer osti suvlari ta’sirida tuz yuvilib g’orlar paydo bo’lgan. Lalmikon tuz koni karvon yo’li yoqasida joylashganligi uchun 10-13-asrlarda u yerdan qazib olingan tuzni savdogarlar Afg’oniston, Hindiston va boshqalar. Yaqin Sharq mamlakatlariga, Buxoro, Xorazm va Farg’ona vodiysi shaharlariga olib borib sotganlar. Bu tuz “Samarqand tuzi”, “qarshi tuzi” nomi bilan mashhur bo’lgan.