Lalmikor neft-gaz koni

Lalmikor neft-gaz koni – Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumanida, Jarqo’rg’on shahridan 56 kilometr shimoli-Sharqda joylashgan. 1943 yilda aniqlangan. Keyingi yillarda konda razvedka va sinov ishlari bajarilgan. Konning geologik tuzilishida olay, Buxoro katlari va bo’r, neogen davri jinslari ishtirok etgan. Konda 63 ta burg’i qudug’i kovlangan. Quduqlari olay (9 ta), Buxoro (44 ta) qatlari, bo’r (9 ta) va neogen (1 ta) davri jinslarida kovlangan Lalmikor neft-gaz koni tektonik jihatdan lalmikor anticlinal strukturasida joylashgan. Lalmikor antiklinali Surxon megasinklinalining tektonik chiziqlarida o’rnashgan. Strukturaning gumbaz qismi qiya, 2-3 kichik gumbazchalar bilan murakkablashgan. Qanotlari 27-28° enkaygan. Lalmikor neft-gaz konida kovlangan 49 ta quduqda 117 ta tekshiruv ob’yekti sinalgan. Ularda bo’r va paleogen yotqiziqlarining samarador qatlamlari aniqlangan. 22 tekshiruv ob’yektidan neft, 41 tasidan neft va suv, 23 tasidan suv olingan, 6 tasi bo’sh. Kondagi sanoat ahamiyatiga molik gorizontlar olay (L gorizont, Eosen), Buxoro qatlari (I, II, III, IV, V gorizontlar — paleogen) va bo’r davri yotqiziqlari (VIII gorizont) da. Gazning debiti 55 ming m3/sutkadan 1775 ming m’/sutkagacha. Neftniki 1 t/sutkadan 100 t/sutkagacha. Lalmikor koni nefti og’ir, tarkibida oltingugurt ko’p, qatron va parafinli, 300° gacha qizdirilganda ajralib chiqadigan fraktsiyalar 15— 26 %. Gaz quruq metanli, oltingugurt, karbonat angidridi va azot kam. Kondan 1974 yildan foydalanib kelinmoqda.