Laminar oqim
Laminar oqim (lotincha lamina — plastinka, qatlam) — suyuqlik yoki gazning tartibli (qatlamli) aralashmasdan oqishi. Laminar oqimda suyuqlik (gaz) oqimga nisbatan parallel ravishda qatlam-qatlam bo’lib siljiydi. Suyuqlik (gaz) larning kichik tezlik bilan oqishi, o’ta qovushoq suyuqliklarning oqishi, shuningdek, kichik hajmdagi jismdan suyuqlikning ohista oqib o’tishi va boshqalar. Laminar oqimga misol bo’ladi. Suyuqliklarning ingichka (kapillyar) naydan oqish paytida, podshipnikdagi moy qatlamida, jism sirtidan suyuklik yoki gaz oqib o’tayotganda shu sirt yaqinida hosil bo’luvchi chegara qatlamlarda va boshqalarda Laminar oqimni kuzatish mumkin. Suyuqlik (gaz)larning harakat tezligi osha borib, vaqtning ma’lum paytida Laminar oqim tartibsiz turbulent oqimga aylanadi. Suyuqliklarning naydagi Laminar oqimini kuzatish uchun ingliz fizigi O.Reynolde katta bakdagi suyuqlikni uzun shisha nay orqali, kichik tezlik bilan oqizgan. Shu naydagi suyuqlikka rangli suyuklik qo’shib, ohista oqizilganda, rangli suyuklik nay bo’ylab rangsiz suyuqlikka aralashmasdan yo’naladi. Naydagi suyuklik oqimining tezligi oshirilsa, ma’lum tezlikdan keyin rangli suyuklik rangeiz suv qatlamlari bilan aralashib ketadi, ya’ni suyuqlikning laminar harakati yo’qolib, o’rniga tartibsiz — turbulent harakat paydo bo’la boshlaydi. Suyuqlikning oqish maromi Reynolde soni Re bilan belgilanadi. Laminar harakat Re ning biror qiymatida (kritik qiymati Re da) buziladi. Re < Re kr bo’lganda Laminar oqim, Re > Re kr bo’lganda esa turbulent oqim ro’y beradi. Naydagi suyuqlikning qovushoq Laminar oqimi Puazeyl qonuni orqali aniqlanadi. Laminar oqim gidrotexnikada hisobga olinadi.