Landgraf
Landgraf (nemischa Landgraf)-Muqaddas Rim imperiyasida mulk egasi bo’lgan knyaz unvoni, o’z qo’l ostidagi yerlarda oliy hokimiyatga ega va gertsog va knyazga qaram bo’lmagan graf. Dastlab Landgraf bevosita qirol yoki imperator mansabdori edi va ular gertsoglarga ham, graflarga ham, yepiskoplarga ham bo’ysunmagan. Bu tadbir mahalliy feodallarning hokimiyatini kuchsizlantirish maqsadida qilingan. O’rta asrlarda eng muhim unvon Tyuringiya Landgrafi sanalgan.