Laureat
Laureat [lotincha laureatus — boshiga dafna (lavr) gulchambari kiygizilgan] — davlat mukofoti yoki xalqaro mukofotga sazovor bo’lgan shaxs, shuningdek, tanlovlar (asosan, badiiy tanlovlar) g’olibi. “Laureat” atamasi Yunonistonda paydo bo’lgan.U yerda biror musobaqa g’oliblari “g’alaba toji” sifatida dafna daraxti yaproqlaridan qilingan faxriy gulchambar bilan taqdirlangan. Bunday odat keyinchalik qadimgi Rimda ham tarqalgan. G’oliblarni dafna gulchambarlari bilan taqdirlash hozirga qadar saqlangan.