LEGAL
LEGAL (lot. legalis – qonuniy) — qonun tomonidan ruxsat berilgan, yo’l qo’yilgan, yashirish mavjud bo’lgan va amal qilgan narsaga qarama-qarshi ravishda, qonun doirasida amal qiluvchi. Legallik – hokimiyatning huquqiy asosini, uning huquqiy me‘yorlarga muvofiqligini anglatadi. Qonun chiqaruvchi va uning bajarilishini ta‘minlovchi har qanday hokimiyat – legal, ya‘ni qonuniydir. Ayni vaqtda, u xalq tomonidan e‘tirof etilmasligi va nolegitim bo’lishi mumkin. Yorqin misol: Hindiston Milliy – ozodlik harakatining oxirgi bosqichida ingliz (legal) hokimiyati qarorlarining aholi tomonidan bajarilmay qo’yilganligi – inglizlarning Hindiston mustaqilligini tan olishiga majbur qilgan kuchli omil bo’lgan.