Lend Emiliy Xristianovich

Lend Emiliy Xristianovich [1804.12(24).2, Tartu – 1865.29.1(10.2), Rim] — rus fizigi va elektrotexnigi, Peterburg Fanlar Akademiyasi akademik (1830). Asosiy ilmiy ishlari elektromagnetizm masalalariga oid. Induktsion toklar yo’nalishini aniklash uchun Lents qoidasini yaratgan (1833). B.S.Yakobi bilan hamkorlikdagi “Elektromagnitlar qonunlari haqida”gi ishida elektromagnitlarni hisoblash usulini bergan (1838 — 44), J.Joul ochgan elektr tokining issiqlik harakatini aniq tajribalar bilan asoslab bergan (1842). U elektr mashinalarda elektr yurituvchi kuchning kamayishi sabablarini aniklab, uning generatorning aylanish tezligiga bog’liq emasligini va uning asosiy sababi yakorda induktsiyalanadigan tok (yakorning o’zinduktsiyasi) ekanligini ta’kidlagan. O’zgaruvchan tok egri chizig’ini o’rganish uchun mo’ljallangan asbob ixtiro qilgan. Metallar qarshiligining temperaturaga bog’liqligini aniqlash, Om qonunini asoslash, magnit oqimini o’lchash uchun ballistik usul yaratishga (B. S. Yakobi bilan birgalikda) doir ishlar muallifi. Lend tabiiy geografiya sohasida ham tadqiqotlar o’tkazib, qutbiy va tropik kengliklardagi temperaturalar farqini o’rgangan, u yerlardagi dengiz oqimining sabablarini — okeanlarning tsirkulyatsiya qonunini aniqlagan.